Sotti Husayn

Sotti Husayn (taxallusi; asl ism-sharifi Husainov Sotti) (1906, Qo’qon — 1942.5.9, Toshkent) — tanqidchi va adabiyotshunos. Moskvadagi kechki Ada- biyot in-tida o’qigan (1934-35). «Yosh Le- ninchi» gaz.da muharrir (1927-28), mo- skvadagi SSSR xalqlari muzeyida Voiz, «SSSR hukumati qonunlari majmuasi» jurnalining O’zbekcha nashrida muharrir (1934-37), O’zbekiston Yozuvchilar uyush- masida rais o’rinbosari (1937-38), til va adabiyot in-tida direktor (1938-40), O’zbekiston KP (b) MKda bo’lim mu- diri (1941— 42). S.H.ning «duoxon» va «johillik balosi» ilk pesalari 1921-22 ylarda yozilgan hamda Qo’qon sh. madaniyat klubida sahnalashtirilgan. «Loyqalar» («g’alaba») pesasi 1930 y.da O’zbek davlat drama teatri sahnasida qo’yilgan. Shundan keyin u «qizil tayoqchilar» (1935) va b. pesalarni yoz- gan. S.H. matbuot, teatr, musiqa, adabi- yot, tarjima masalalariga bag’ishlangan maqolalar e’lon qilgan. U Hamza mero- sini o’rganish ishini boshlab, «Hamza Hakimzoda hayoti va faoliyati» (1941) monografiyasini chop etgan va Hamzaning «Tanlangan asarlar»ini yu. Sultonov bilan birga nashrga tayyorlagan. As: tanlangan asarlar, T., 1974.