Sorokin (Sorokin) Pitirim Aleksandrovich

Sorokin (Sorokin) Pitirim Aleksandrovich (1889.21.1, Turya, Perm gu- bernyasi — 1968.10.2, Uinchester, mas- sachusets shtati, AQSh) — kelib chiqishi rus bo’lgan amerikalik sosiolog. O’ng eserlar etakchisi. 1920 y.dan Petrograd un-ti prof. Aksilinqilobiy faoliyati uchun sho’rolar hukumati uni mamlakat- dan chiqarib yuborgan (1922). 1923 y.dan AQShda. 193064 y.larda Garvard un-ti prof. Shu erda sosiologiya ftini tash- kil etib, uni boshqargan. S. AQSh so- tsiologiyasida x,ukmron bo’lgan empiric yo’nalishni tanqid qilgan va «integral» sosiologiya to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirgan. Ijtimoiy borliqni individdan yuqori turuvchi ijtimoiy madaniy mavjudlik deb bilgan. Tarixiy jarayonni madaniyat asosiy tiplarining tsiklik almashinuvi deb tushuntirgan, bu madaniyatlar negizida til, axloq, san’- at, fan, din birgalikda mavjud bo’ladi. Hoz. madaniyat umumiy inqirozni bosh- dan kechirmoqda deb hisoblagan S. bu inqirozni materializm va fanning ri- vojlanishi bilan bog’laydi hamda Di- niy «idealistik» madaniyatni kjsalti- ribgina inqirozdan chiqish mumkin, deb izoxlaydi. G’arb sosiologiyasida S.ning ijtimoiy mobillik va ijtimoiy stra- tifikasiyani o’rganish sohasida qilgan empirik tadqiqotlari ham yuqori Bax- rlanadi. Abdug’ani Xolbekov.