Solpugalar, falangalar

Solpugalar, falangalar (Solifugae) — o’rgimchaksimonlar turku- mi. Gavdasining uz. 1-7 sm. Gavdasi yax- lit bosh ko’krak, 3 bo’g’imli ko’krak va 10 bo’g’imli yirik qorin bo’limlaridan ibo- rat. Xeliserasi yirik, qisqichga o’xshash. Tanasi va oyoqlari qalin tuk va qil bilan qoplangan. Traxeya bilan nafas oladi, 800 ga yaqin turi ma’lum; ko’proq tropic va subtropik mintaqalarning nam kam bo’ladigan hududlarida tarqalgan. O’rta Osiyo cho’llarida yirik qo’ng’irsarg’ish tusli’Kaspiy solpugasi va tutunrang S; tog’oldi hududlarida birmuncha kichik (2-3 sm) sariq rangli karshchiya solpuga- si uchraydi. S. urg’ochisi in qazib, unga 30 dan 200 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolalarini qo’riklaydi. S. — tun- gi yirtqich, hasharotlar, ko’poyoqlilar, o’rgimchaklar, zahkashlar, ba’zan qushlar jo’jasi, mayda kaltakesaklar va kemi- ruvchilar bolasiga hujum qiladi.