SOLFATARLAR
SOLFATARLAR (ital. solfo — ol- tingugurt) — er po’stining vulkanli r-nlarida, vulkan kraterlari va ular- ning yon bag’irlaridagi mayda bo’shliq va yoriklardan, qotgan LAVA oqimlaridan ajralib chiquvchi ko’p miqdordagi issiq (100-300°) oltingugurt gazi, suv bug’i va karbonat angidridi aralashgan vodorod sulfidi gazlari. S so’nmagan vulkanlar atrofida uchraydi. Astasekin, ammo uzoq vakt muttasil ravishda gazlar ajratuvchi vulkanlarga Neapol yaqinidagi Sol- fatara vulkani misol bo’ladi. Ba’zi S. sanoat miqyosida oltingugurt ajratadi (yana q. Fumarollar).