Sedimentogenez

Sedimentogenez (lot. Sedimentum — cho’kish va … genez) — keng tarkalgan tabiiy jarayon, tabiiy sha- roitda barcha turdagi cho’kindilarning harakatlanish yoki muallaq holatidan (suv va havo muhitida) harakatsizlik holatiga o’tishi. Cho’kindilar ko’pincha quruklik yuzasida, Daryo, dengiz, okean- larda tashqaridan olib kelingan tayyor terrigen (allotigen) materiallar hamda turg’un va oquvchi (tog’yon bag’irlaridan oqib tushuvchi daryolar, soylar) suv havzalarida biogen va xemogen yo’l b-n cho’kkan ba’zi (odatda, qiyin eruv- Chan) birikmalar xisobiga shakllanadi. Ba’zi tadqiqotchilar (N.B. Vassoevich, 1957, 1962) S. deganda, cho’kmani suv havzasining tubiga tushishidan bosh- lab to diagenez bosqichigacha, ya’ni suv havzalarida muhit va suv oralig’ida hech qanday kimyoviy qaramaqarshilikka uch- ramaydigan lahzasigacha bo’lgan jarayon- ni tushinadi. Rus geologi N. M. Straxov (1953,1960) S. tushunchasiga cho’kmaning rivojlanish davrini ham kiritadi. MDH davlatlarida cho’kindi tog’jin- slari haqidagi fan «litologiya», boshqa davlatlarda esa «sedimentologiya» deb ataladi.