Selenodeziya

Selenodeziya (Yun. selene — oy va daio — bo’laman) — oy o’lchamlari va shakllari urganiladigan fan sohasi. S. tadqiqotlari, asosan, 3 yunalishda olib boriladi: 1) oy inersiyasi ellipsoidi o’rganilib, uning ichki tuzilishiga doir bir necha ko’rsatkichlari aniklanadi; 2) sathiy sirtlardan birida og’irlik ku- chining parametrlari aniklanadi; oy hajmiga teng hajmga ega bulgan sathiy sirt selenoid deyiladi. Inersiya el- lipsoidi va selenoid oyning dinamik shakllarini ifodalaydi; 3) oyni uning tashqi fizik sirti b-n aniklanadigan shakli tahlil qilinadi. Bunday shakl geometrik shakl deyiladi va uning para- metrlari aerofotos’yomka va kosmik Geo- deziya o’lchashlariga o’xshash aniqlanadi. Oyga kosmik apparatlarning uchirilishi Oy atrofidagi kosmik fazoda va bevosi- ta uning sirtida o’lchashlar olib borish imkonini berdi.