Sebarga tunlami
Sebarga tunlami [Discestra trifollii Hufn. (Scotoqramma trifollii Rott.)]— tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Kulrangqo’ng’ir yoki sarg’ishqo’ng’ir tusli. Qanotlari yozil- ganda 34-38 mm. Qanot chetlari oqish, yaqqol ko’rinadigan Mshaklidagi naqshi bor. G’umbagi qizg’ishsariq. St. apr.dan okt.gacha uchadi, tuxumini (25 tagacha) o’zi oziklanadigan o’simlik barglarining usti yoki ostiga qo’yadi. To’liq rivojla- nish tsikli haroratga qarab 27-74 kun. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalarida yiliga 3 avlod bera- Di. 40 ga yaqin madaniy o’simliklar, shu jumladan, g’o’za, kanop, zig’ir, tama- ki, beda, sebarga, no’xat, makkajo’xori, qovoqsimonlar va b.ni zararlaydi. Kurash choralari: 80% li xlorofos (0,8—1,5 kg/ga) yoki piretroid emulsiya- larini purkash. Tuxum qo’yish boshlangan davrda 1 ga maydonga 60— 80-60 ming hisobida trixogrammanm 3 navbatda qo’yib yuborish va b.