Sevilya
Sevilya — Ispaniyaning Jan. qismidagi shahar. Andalusiya Muxtor VI- loyati va Sevilya provintsiyasining ma’- muriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi bo’yidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mam- lakatning muhim savdo, sanoat va mada- niy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasoz- lik, q.x. mashinalari i.ch.), oziq-ovqat, to’qimachilik, kimyo va neft kimyosi sa- noatlari korxonalari mavjud. Arxeolo- giya, nafis san’at muzeylari, un-t (1502) bor. S. qadimda Gispalis deb atalgan. 3-a.da rimliklar, 712 y.da arablar bo- sib olgan. 1248 y.da Kastiliya va Leon qirolligiga qo’shilgan. 15-a.da Sdan ko- lumbning 1ekspedisiyasi yo’lga chiqqan. 15-17-a.larda S. Evropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Me’moriy yod- gorliklaridan Alqasr saroyi (12-a. oxiri), gotika cherkovi (13-14-a.lar), kafedrali sobor (sobiq jome masjidi), «La Xiralda» qo’ng’iroqxonasi (12, 16-a. lar) va b. saqlangan.