Seyfert (Seifert) Yaroslav
Seyfert (Seifert) Yaroslav (1901.23.9, Praga yaqinidagi Jijkov sh. — 1986.10.1) Chex shoiri. 1920 y. «To’qqizlar guruhi» nomli avangardizm kayfiyatidagi adabiy to’garak ochgan. «Po- etizm» uslubi S.ning dastlabki kitobla- rida seziladi («ko’zlari yoshli shahar», 1921; «Muhabbatning o’zi», 1923; «Asal oyi», 1925; «bulbul yomon kuylayapti», 1926). Keyinchalik uning asarlari mav- zusi o’zgarib, proletar she’riyatidan che- kingan. 1929 y.da kompartiyadan chiqqan, manifest yozib, unda kompartiyaning tsenzura siyosatini qoralagan, siyosiy nashriyotlar b-n hamkorlikni to’xtatgan va sosialdemokratik partiyaga kirgan. Shundan so’ng siyosatdan tashqaridagi mavzular: umuminsoniy qadriyatlar, muhabbat, bolalik va b. haqida ijod qilgan. 1977 y. yana siyosiy jarayonlarga aralashib, tsenzurani yo’qotish, yozuvchi- larning e’tiqod uchun ta’qib qilinishi, shuningdek, ularni noqonuniy ravish- da qamokxonalarga tashlashni qoralab chiqqan. 1980-83 y.lar S.ning asarlari, asosan, ingliz tiliga tarjima qilinib, Angliya va AQShda tarqatilgan. «Bo- Jena Nemsova elpig’ichi» (1940), «loy- ning dubulg’asi» (1945) va b. to’plamlari Praga qo’zg’oloni, Chexoslovakiyaning FA- shistlar istilosidan ozod qilinishiga bag’ishlangan. Urushdan keyingi asarla- ri — «Mosart Pragada» (1946), «ona- jon» (1954), «bola va yulduzlar» (1956), «Qo’ng’iroklar yasash» (1967) va b. Nobel mukofoti laureati (1984).