Seitov Xojabek

Seitov Xojabek (1917.25.8, Qoraqalpog’iston Qorao’zak tumani — 2001.20.4, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchi- si. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ma- daniyat xodimi (1972). Qoraqalpog’iston O’qituvchilar in-tida o’qigan (1938-41). Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi qoshidagi radioeshittirish qo’mitasi (1947-58) va Qoraqalpog’iston yozuvchi- lar uyushmasi raisi (1952-58). «Sovet Qaraqalpaqstani» gaz. bo’lim mudiri (1958 y.dan). Poetik asarlarida («baxt- li hayot», 1947; «Gullayotgan ovul», 1955, N. Japaqov b-n hamkorlikda; «tong shu’lasi», 1968 va b.) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. O’zbek ti- lida «hayot tongi» (1954), «to’lqinlar» (1956), «yaylov yulduzi» (1968) kabi asar- lar yozgan. «Mashaqqatli baxt» (1959), «Kuchli shamol» (1973) romanlari mual- lifi. Mirtemirnit «Qoraqalpoq dafta- ri» asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959). Ac: mashaqqatli baxt [roman], T., 1962; yaylov yulduzi [she’rlar va Doston], T., 1968.