Semasiologiya

Semasiologiya (Yun. Semasia — ma’no, mazmun va … logiya) — 1) tilning, til birliklarining hissiy idrok qilinadigan tomoniga, tovush, akustik yoki grafik ko’rinishiga qarshi qo’yiladigan ma’noviy tomonini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi. S. nafaqat alohida olingan leksik unsur- lar — morfema va so’zlarning, balki grammatik unsurlar — so’z shakllari, grammatik morfemalarning ham Seman- tikaati o’rganadi. Jahondagi barcha til- larni parallel o’rganishda til va tafak- kur munosabati muammosini o’rganuvchi umumiy S. kerak bo’ladi; 2) leksik un — surlar — morfema va so’zlarning se- mantik mazmuni haqidagi fan, shu ma’- noda, asosan, leksikologiya b-n muvofiq keladi. Ayrim olimlar S.ni leksik unsurlarning ma’noviy o’zgarishlari (ma’no taraqqiyoti) haqidagi ta’limot b-n — ichki (affikssiz) so’z yasalishi b-n chegaralab qo’yadilar. Bu holatda S, etimo- logiya singari, leksikologiya b-n chambar- Chas bog’liq bo’ladi va so’zlarning Kuchma ma’nolari, shakl va ma’no munosabati- ga ko’ra turlari (omonimlar, sinonim- lar, antonimlar, paronimlar) S.ning tadqiqot ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Abduvahob Madvaliev.