Seminollar

Seminollar (o’zlarini simanole deb atashadi) — AQShning Oklaxoma va Florida Shtatlarida yashovchi muskoglar guruhiga mansub indeys xalqi. 4 ming kishidan ortiq (1990y.lar o’rtalari). Xokasiu oilasiga mansub muskogi va xitchiti tilida so’zlashadi. 18-a.ning 2-yarmida Floridaning shim.ga ko’chib kelgan indeyskriklar evropaliklardan S. nomini olganlar. 19-a. boshida kri- klarning 2to’lqini kelishi b-n S.ning soni 4 ming dan 6 mingga etgan. 1812 va 1817-18 y.larda AQSh ga qarshi urush- ganlar (1seminol urushi). Natijada S. katta hududlaridan ajralib, Florida- ning Jan. va sharqiga ko’chishgan. AQSh tomonidan S.ni shim.ga Arkanzasga ko’chirishga qaratilgan siyosat 2seminol urushini (1835-42) keltirib chiqargan. Urushdan so’ng S.ning katta qismi in- deyslar hududiga (hoz. Oklaxoma shtati) ko’chirilgan, bir qismi Floridaning Jan. sharqidagi Evergleyds botqoqliklariga yashiringan. 1870 y.larning oxiridan Floridaning barcha indeys aholisi S. deb ataladi. S.da an’anaviy e’tiqodlar — ajdodlar ruhi, o’tga topinish (har bir qishloqda muqaddas gulxan yonib tu- radi) saqlangan. 1950y.larning boshi- dan xristianlik keng tarqala boshlagan. S. dehqonchilik, ovchilik, balik, ovlash, milliy hunarmandchilik va kulollik b-n shug’ullanadi.