Serotonin
Serotonin, 50 KS i 3ra m ino- etilindol, 5o KS ITR i ptamin, C1() H12N2O — biologik faol modda. Mol. m. 176,21. Odam va hayvonlar qoni hamda to’qimalarida bor. S. periferik nerv markazlari mediatori hamdir. Ilk bor 1947 y.da buka zardobidan ajratib olingan. S.bo’shliqichlilar, mollyuska- lar, bo’gimoyoklilar, suvda va qurukda yashovchilarning zaharida, shuningdek, o’simliklarda uchraydi. S organizmda triptofan aminokislotalaridan sintez- lanadi. To’qimalarda S. 5oksiindolil- sirka kislotaga aylanib, organizmdan buyrak orqali ajraladi. S. tomirlarni toraytiradi, Markaziy nerv sistemasi hamda hazm qilish, ajratish, endokrin sistemalar faoliyatining gumoral regu- lyasiyasida muhim rol o’ynaydi. Qonda (asosan, trombitsitlarda) 0,02—0,6 mg/l S. bor. S. almashinuvining buzilishi miokard infarkti, yara kasalliklari va ba’zi ruhiy kasalliklarga sabab bo’ladi.