Serpuxov
Serpuxov — RF Moskva viloyati- dagi shahar. T.y. stantsiyasi. Oka daryosi- dagi pristan. Aholisi 136,5 ming kishi (1998). Shahar 14-a.dan ma’lum. 1341 — 1456 y.larda Serpuxov udel knyazli- gi markazi. Tosh Kreml (16-a. o’rtalari) qurilishi b-n rus davlatining Jan. chegarasidagi muhim istehkom. 16-17 a.larda yirik savdo markazi. 1708 y.dan Moskva guberniey tarkibida, 1781 y.dan uezd shahri. 19-a. o’rtalarida Moskva gubernyasining eng yirik to’qimachilik markazi. Mashinasozlik va metallsoz- lik, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sa- noatlari korxonalari, elektromexanika, charm z-dlari, mebel va qog’oz f-kalari, uysozlik k-ti bor. Bir necha i. t., o’rta maxsus bilim yurtlari, tarixiy-badiiy muzey mavjud. Me’moriy yodgorliklardan: Kreml devorlari (16-a.) va Troisk sobori (17- a.), Vladichniy (16-17 a.lar) va Visos- kiy monastirlari (16-17-a.lar) ansam- bllari, cherkovlar (17-18-a.lar), turar joy xos uylari (18-19-a.lar) saqlanib qolgan. S yaqinida — Priokskoterras- niy qo’riqhonasi faoliyat ko’rsatadi.