Semizo’tdoshlar
Semizo’tdoshlar, (Portulacaceae) — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. O’tlar, kamdankam butacha va yarim buta- lar. Gullari ikki jinsli: kosachasi ik- kiga bo’lingan, gultojbarglari besh, ba’- zan 4-9 ta, changchilari ko’p, ustunchasi bitta. Barglari ko’pincha seret, yonbarg- chali. Meva tugunchasi ustki yoki yarim ostki; ko’sakchasi ko’p urug’li. Er yuzida keng tarqalgan. Ikxala yarim sharda 30 turkumi va 600 ga yaqin turi bor. Asosan, issiq va mo»tadil hududlarda uchraydi. O’zbekistonda 2 turi o’sadi. Portulaca grandifl ora turi manzarali o’simlik si- fatida ko’p ekiladi. S.ning ba’zi turla- ri iste’mol qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- Semurg’
- Semyonov Aleksandr Aleksandrovich
- SEMYONOV CHO’QQISI
- Semyonov Mixail Nikolaevich
- SEMYONOV MUZLIGI
- Semyonov Nikolay Nikolaevich
- SEMYONOV-TYANSHANSKIY
- SEN-DENI











