SEHRLI YADROLAR

SEHRLI YADROLAR — 2, 8, 20, 28, 50, 82, 126 proton va neytronni o’z ichiga olgan atom yadrolari (2,8 va h. k. sehrli sonlar deyiladi; boshqa yadrolar ichida eng katta turg’unligi b-n farq qiluvchi atom yadrolaridagi nuklonlar soni). S.ya.ning qo’shni atom yadrolarga nisbatan barqarorligi yuqori, ular tabiatda keng tarqalgan. Protonlari va neytronlari soni sehrli son bo’lgan yadrolar qo’shaloq sehrli yadrolar deb ataladi (mas, 2ne2, 8Og , 2osa2ova 82R126). S. ya. atom yadrosining qobiq modeli haqidagi g’oyaning vujudga kelishiga sa- bab bo’ldi. Bu modelga, asosan, yadroda-gi proton va neytron qobiqlarning har biri ma’lum sondagi nuklon (proton va neytron) lar b-n to’ldiriladi. Sehrli sonlar shu nuklonlar soniga teng. Si (Frans. — Internasional sistema) — Xalqaro birliklar tizimintnt qisqacha nomi.