SILOS KOMBAYNI

SILOS KOMBAYNI — makkajo’xori va b. silosbop ekinlar (beda, yosh kungaboqar, o’t va b.) ni o’rish, maydalash va transport vositasiga or- tish uchun mo’ljallangan mashina. Chorva mollari uchun ozuqa — silos tayyorlashda ishlatiladi. Undan senaj, ko’k ozuqa, o’t uni tayyorlashda ham foydalanish mum- kin. Asosan, o’rish qismi va maydalash apparatlari, maydalangan aralashmani yuklash qurilmasi va harakat uzatish mexanizmidan iborat. O’rish qismi 4 xil bo’lishi mumkin: yoppasiga yoki tor katorlab ekilgan baland poyali ekin- larni o’radigan segmentpichokli; keng qatorlab ekilgan baland poyali ekinlar- ni o’radigan o’zakli; Qar qanday ekilgan ekinlarni yoppasiga o’radigan univer- sal hamda o’rish va maydalash ishlari- ni bajaruvchi rotorli. S. k.ning o’rish qismi o’rgan poyalarni maydalash uchun radialdiskli, barabanli va rotorli apparatlar ishlatiladi. Maydalangan aralashmani transport vositasiga or- tish uchun pnevmatik irg’itgich, elevator- li va kombinasion transportyorlardan foydalaniladi. S.k.ning o’rish qismida o’rilgan, maydalash apparatlarida may- dalangan aralashma kombayn b-n yonmayon harakatlanayotgan transport vositasiga yuklanadi. S.k.ning traktor b-n bir- ga ishlatiladigan tirkama va o’ziyurar (shassili) xillari bor.