Siktivkar
Siktivkar (1930 y. gacha ustsi- solsk) — RF dagi shahar, Komi Respu- blikasi poytaxti, Sisola daryosidagi pristan (Vichegda daryosiga quyilish joyida). T.y. stantsiyasi. Aholisi 230,8 ming kishi (1998). 16-a. oxirida S. o’rnida qishloq bo’lgan. 1921 y.dan Komi (Ziryan) Muxtor viloyati markazi. 1936 y. dan Komi Muxtor Respublikasi, 1992 y.dan RF tarkibidagi Komi Respublika- si poytaxti. Sanoat korxonalari yog’ochni qayta ishlash, yirik o’rmonsanoat komplek- si (tsellyulozaqog’oz va karton i.ch., gi- drolizxamirturush z-dlari va b.)dan iborat. Taxta tilishyog’ochsozlik k-ti, kemasozlikkema ta’mirlash, tajriba mexanika, avtota’mirlash, g’isht, yirik panelli uysozlik z-dlari, mebel va ti- kuvchilik f-kalari, ko’npoyabzal k-ti, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya FA Komi bo’limi, 2 oliy o’quv yurti (ped. int, un-t), 2 teatr, badiiy va tarixo’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi.