Smolensk

Smolensk — RFdagi shahar. Smolensk viloyati markazi. Dneprning har ikkala sox.ilida joylashgan. T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862 y.dan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida ma’lum. 882 y.dan Kiev Rusi tarkibida, 12-a.dan Smolensk knyazligining Mar- kazi. 1404-1514 ylarda Litva knyazli- gi, so’ngra Moskva davlati tarkibida, 1609-67 y.larda Polsha tasarrufi- da bo’lgan. 1667 y.da Andrusov sulhi bo’yicha Rossiyaga berilgan. 1708— 19 va 1796-1929 y.larda Smolensk gu- bernyasi, 1776-96 y.larda Smolensk noibligi markazi. 1812 y.da Smolensk yonida rus qo’shinlari b-n Napoleon qo’shinlari o’rtasida katta jang bo’lgan. 1941-43 y.larda S. atrofida nemisfa- shist qo’shinlari b-n shiddatli janglar olib borilgan. 2-jahon urushi davrida S. butunlay vayron qilingan. Urushdan so’ng shahar qaytadan tiklangan. S.ga qahramon shahar unvoni berilgan. Mashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va b.), en- gil (trikotaj, zig’ir, poyabzal), oziq- ovqat sanoatlari rivojlangan. «Kri- Stall» z-Di (brilliantlarga sayqal be- rish), olmos asboblarni i.ch. korxonasi mavjud. 4 oliy o’quv yurti, 2 teatr; smo- Lensk zig’iri muzeyi, ST. Konyonkov no- midagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va me’moriy-badiiy muzeyqo’riqxonasi, badiiy galereya bor. Qad. me’moriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-a.), Mixail Arxangel (1191-94) cherkovla- ri, Uspenie sobori (1677-79), Kreml (16-a. — 17-a. boshlari) saqlangan. «Mo- tamsaro ona» haykali (1965), «Mangulik qo’rg’oni» memoriali (1970) o’rnatilgan.