SISZYAN

SISZYAN, Chjuszyan, Marvarid- li Daryo — Xitoyning Jan.Sharqiy qismidagi Daryo. Uz. 2160 km, havzasining mayd. 437 ming km2. Yunnan tog’ligidan boshlanib, Nannin tog’larining Jan. etaklari bo’ylab oqadi va Beytszyan hamda Duntszyan daryolari b-n mayd. 16,9 ming km2 li Delta hosil qilib Jan. Xitoy dengiziga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 8 ming m3/sek., ezda sersuv. Teztez suv toshqinlari bo’lib turadi. Sug’orishda foydalaniladi. Uchjou sh.dan boshlab kema qatnaydi. Deltasida Guanchjou dengiz porti joylashgan.