Sichqonsimonlar
Sichqonsimonlar (Muridae) kemiruvchilar turkumiga mansub sut Emi- zuvchilar oilasi. Gavdasining uz. 5 sm dan 48,5 sm gacha. Dumi uzun, ko’pchiligida yungsiz. 120 ga yaqin urug’i, 480 ga yaqin turi ma’lum. O’zbekistonda 10 urug’i (sichqonlar, kalamushlar, qumsichqonlar, dala sichqrnlari va b.) va 19 turi uch- raydi. Jumladan, uy sichqoni, kulrang kalamush va Turkiston kalamushi keng tarqalgan. Sichqonlar va kalamushlar- ning ayrim turlari sinantrop. Barcha S. in qaziydi, qishki uyquga ketmaydi. Qishi iliq mintaqalarda yil davomida bolalab, bir necha marta 1 tadan 22 taga- cha bola tug’adi. Tabiiy sharoitda 1 — 3 yil yashaydi. Tunda va shomda faol hayot kechiradi. Q.x., o’rmonchilik va oziq-ovqat zaxiralariga ziyon keltiradi. S. 20 ga yaqin infektsion kasalliklar, jumladan, o’lat, sichqon isitmasi, leptospiroz kabi kasalliklar qo’zg’atuvchilarining tabiiy tashuvchisi. Ko’pchilik turlaridan gene- tik va etologik tadqiqotlarda foydala- niladi. Sichqonlar va kalamushlarning sof liniyalari — lab. hayvonlari.