Skanderbeg

Skanderbeg (Scanderbeg, Skenderbeu) Georg Kastrioti (Kastrioti) (taxm. 1405-1468.17.1) — alban xalqining US- monli turklar asoratiga qarshi ozodlik kurashi raxbari, Albaniyaning milliy qahramoni. Knyaz Kastrioti xonadoniga mansub bo’lgan. Go’dakligida turk sulto- ni Murod II ga garovomonat qilib beril- gan, keyinchalik uning qo’shinida xizmat qilgan. Sarkardalik iqtidori tufayli Bey unvonini va Iskandar Makduniy sha- rafiga Iskandar (Iskandarbey yoxud bu- zilgan shaklda — S.) nomini olgan. Sul- tonga qarshi kurashish uchun yashirin Su- ratda tayyorgarlik ko’rgan, uning ichki va tashqi dushmanlari b-n aloqa o’rnatgan, Ya. Xunyadi b-n muzokaralar olib bor- gan. Nish yaqinidagi jangda (1443 y. 3 noyab.) Venger qo’shinlari Sulton qo’shini ustidan g’alaba qozongandan so’ng, S. 300 suvoriy b-n turklar qarorgohini tark etib Dibruga kelgan va ozod dehqonlarni turk mustamlakachilariga karshi ozodlik kurashi ga da’vat etgan. Petrelya, Pe- tralba, Stelyushi, Torchan, Svetigrad qal’alaridan turk garnizonlarini ku- vib yuborgan. Alban mulkdorlarini bir- lashtirishga harakat qilgan, ko’ngilli xalq lashkarlarini asosini dehqonlar tashkil etgan muntazam armiyaga aylan- tirgan. S. rahbarligida alban xalqi 24 yil mobaynida Usmoniylarga qarshilik ko’rsatgan. S. Lej sh.da vafot etgan. Albaniyada uning nomida orden ta’sis etilgan. Tiranadagi Markaziy maydon S. nomi b-n ataladi.