Skope zilzilasi
Skope zilzilasi — 1963 y. 26 iyul erta tongda, maxalliy vaqt b-n soat 5 dan 17 min.o’tganda hoz. Ma- kedoniyaning poytaxti — Skope sh. yaqinida sodir bo’lgan. Zilzila natija- sida shaharning qariyb 10% imorat- lari butunlay buzilib, 65% iga qayta tiklab bo’lmas darajada shikaet etgan. Vayronalar ostida 1200 kishi qurbon bo’lgan. Zilzila magnitudasi 6,0 kuchi 8 ballga etgan. Shahar atroflarida yori- klar paydo bo’lib, ulardan qumtoshlar otilib turgan. Zilzila o’chog’i shahardan bir necha km uzoqda bo’lishiga qaramay, episentrga nisbatan Skope sh. katta zarar ko’rgan. Bunga, birinchidan, hamma imoratlar qurilayotgan paytda, ilgari bo’lib o’tgan 20 dan ortiq kuchli zilzi- lalar oqibatidan saboq olinmaganligi bo’lsa, ikkinchidan, grunt suvlarining er yuzasiga yaqinligi, umuman seysmobar- dosh qurilish uchun qonunqoidalarning ishlab chiqilmaganligi sabab bo’lgan. Tarixdan ma’lumki, 518 y. bo’lgan kuchli zilzilalardan Skope yaqinidagi Skupi sh. butunlay er b-n yakson bo’lib, tiklan- magan.