Sinjuan Gao

Sinjuan Gao (1940, Xitoy) Xitoy yozuvchisi, munaqqid, rassom. Pekinaagi chet tillar in-tining frantsuz bo’limini tugatgan. Xitoyda madaniy inqilob yillari qamoqda o’tirgan, shu sababli qo’lyozmalarini yoqib yuborishga majbur bo’lgan. Ozodlikka chiqqach, Frantsiya va Italiyaga safar qilgan (1979). Birinchi romani — «qahraton tun yulduzlari» (1980). Asarlari modern usullarida yozilgani uchun vatanida katta munozara- larga sabab bulgan, chet ellarda esa e’- tibor qozongan. Absurd usulida yozilgan «Avtobus bekati» (1983) dramasi partiya amaldori tomonidan tankidga uchragan. 1986 y. «Begona qirg’oq» dramasi Xitoy- da taqiqlangan, shundan so’ng birorta pesasi sahnaga chiqaoilmagan. S. amal- dorlar ta’qibidan qochib, Yantszi daryosi- ning boshidan to oxirigacha kezib chiqqan. 1989 i. talabalarning Tyananmin maydo- nidagi namoyishi o’qqa tutilgach, kommu- nistik partiya safidan chiqqan. Shu voqea asosida yozilgan «qochqinlar» dramasi Frantsiyada bosilgach, chet elga ketishga majbur bo’lgan. Germaniyada yarim yil yashab, Parijga ko’chib o’tgan va Frantsiya fuqaroligini qabul qilgan. «Sirli tog'» romani uchun o’zi rasmlar chizgan. Nobel mukofoti laureati (2000).