Simferopol

Simferopol — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar, Respu- blika markazi. Salgir daryosi sohilida. T.y. stantsiyasi, avtomobil va xavo yo’llari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 344 ming kishi (1997 y.). S. o’rnida mil. AV. 3—mil. 4-a.larda skiflar davla- tining poytaxti (skiflar Neapoli), so’ngtatarlar qal’asi (Kermenchik), 15-a. dan Oqmachit qishlog’i joylashgan. 1784 y.da Tavriya viloyatining ma’muriy Mar- kazi sifatida bunyod etilgan. 1874 y. S. dan Lozovaya — Sevastopol t.y. o’tgan. 1921-45 y.larda S. Qrim Respublikasi poytaxti. 1941 y.da nemis fashistlari tomonidan bosib olingan. 1944 y.da ulardan ozod qilingan. Urushdan so’ng yirik sanoat markaziga aylandi. Mashinasozlik va metallsoz- lik (oziq-ovqat sanoati uchun asbobusku- nalar, gelevizorlar i.ch., q.x. mashinala- ri uchun ehtiyot qismlar, avtota’mirlash va b. z-dlar), kimyo (plastmassa buyumlar, maishiy kimyo z-dlari), engil (trikotaj, tikuvchilik, ip gazlama, to’qimachilik, ko’npoyabzal), oziq-ovqat (parfyumeriya- kosmetika, konserva, vino, efir moyla- ri, go’shtsut, tamaki) korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materi&chlari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr st-yasi bor. 3 oliy o’quv yurti (shu jumladan, un-t), 3 teatr, badiiy, o’lkashunoslik muzeyla- ri, turistik baza mavjud. Qrim ya.o.ning Jan. sohili b-n S. o’rtasida trolleybus qatnaydi.