KONTSENTRLANGAN O’G’ITLAR
KONTSENTRLANGAN O’G’ITLAR -tarkibida 45-64%gacha oziq moddala- ri bo’lgan oddiy yoki ko’p komponentli o’g’itlar. Donador o’g’it asosida ishlab chiqariladi. Oddiy K.o’.ga quyidagilar kiradi: ammoniy nitrat, karbamid, suv- siz ammiak, ikkilamchi superfosfat, presipitat, kaliy xlorid, kaliy sul- Fat; ko’p komponentlilarga ammoniy fosfatlar (ammofos, diammofos), ni- trofos, kaliy va ammoniy metafos-Fat (q. Metafosfatlar), ammoniy polifos- Fat (polifosfatlar), kaliyli selitra va b. kiradi. K.o’. dehqonchilikda har xil tuproqlar va hamma turdagi ekinlar uchun asosiy o’g’itlar sifatida va ekinni oziqlashtirishda qo’llanadi.