KONTSEPTUALIZM

KONTSEPTUALIZM (lot. Conceptus -tushuncha, tasavvur, fikr) — o’rta asr- lar Evropa falsafasidagi oqim. Unga ko’ra, universaliylar (umumiy tushun- chalar) inson tafakkuridan tashqarida Real mavjud emas. Universaliylar ma- salasida o’rta asr realizma b-n nomina- lizm o’rtasida oraliqo’rinni egallagan. Biroq, umumiy tushunchalarni aqlning tajribagacha bo’lgan tushuncha (kontsept) lari deb talqin qilib realizmga yon bo- sadi. Vakillari: P. Abelyar, solsberilik Ioann (1115/1120 — 1180), porretanlik Jilber (1076— 1154).