Kontsessiya
Kontsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xo’jalik yuri- tish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivoj- lantirish yoki tiklash, tabiiy boyli- klarni o’zlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli er uchastkalari, qazilma boy- liklar, korxonalar va b. xo’jalik ob’- ektlarini muayyan muddatga va shartlar b-n foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga be- rish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq bo’yicha davlat shartno- ma muddati tugaganidan keyin K. amal qilishini to’xtatishi mumkin. Hoz. sha- roitlarda kontsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng iste’mol mollari yoki mashinasozlik, yoqilg’i- energetika mahsulotlarini K. joylash- gan mamlakat bozoriga chiqarishi ko’p uchraydi. Iqtisodiy qudratli davlatlar o’zlarini xom ashyo resurslari b-n ta’- minlash hamda siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy K.lardan keng foydalanadi. 20-a.ning 90-y.larida Rossiya, Qozog’iston, Ozar- bayjonda neft konlarini rezvedka qilish va ishga tushirish bo’yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kompaniyalari- ga K. berilishi bunga misol bo’la oladi. Rivojlangan mamlakatlarda K.lar b-n bir qatorda chet el kapitali ishtirokida- gi qo’shma korxonalar paydo bo’lmoqsa; 2) yangidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar sotuvini tashqil qilgani uchun banklar oladigan haq. Zarifa G’ofurova.