Karlsrue

Karlsrue — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg erida. Aholisi 276,5 ming kishi (1998). K. — transport yo’llarining yirik tuguni, Daryo porti. Kanal orkali Reyn daryosiga chiqiladi. Neftni qayta ishlash (neft quvurlar orqali Marseldan keltiriladi), trans- port (stanok, vagon, Lokomotiv) va elek- trotexnika mashinasozligi, metall- sozlik, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahardan 10 km narida (Leopoldxafen) atom tadqiqotlari markazi joylashgan. Un- t, texnologiya in-ti, tasviriy san’at Davlat akademiyasi, Baden o’lka muzeyi, Kunstxalle badiiy muzeyi, botanika va hayvonot boglari mavjud. K. 1715 y.da markgraf Karl Vilgelm tomonidan bunyod etilgan. 18-19-a.larda qurilgan saroy va bog’lar bor.