Karmana qalay koni
Karmana qalay koni — kar- manadan 15 km Jan.da, Ziyovuddin tog’i etaklarida joylashgan. 1956 y.da Ochil- gan. Qalay mikdori va zaxirasiga ko’ra kichik kon. K.q.k. gidrotermal genetic turga mansub bo’lib, kembriygacha bo’lgan tog’jinslari ichida hosil bo’lgan. Ruda tarkibida kumush, oltingugurt, vismut, qo’rg’oshin, surma uchraydi. Kvars sul- fidli (kassiterit, arsenopirit, pirit va b.) rudalarning tog’jinslari ichida o’ta murakkab shakllarda joylashganligi va qalay miqdorining o’zgaruvchanligi kon maydonida geol.-razvedka ishlarining to’xtatilishiga sabab bo’ldi. Shu atrofda qalay konlari qadim vaqtlardan ma’lum bo’lgan. Qarnob, Lapas, Semizquduq va b. qalay konlarida o’rta asrlarga man- sub konchilik ishlarining qoldikdari (g’orsimon o’yiklar, moychiroq, yog’och tir- govuchlar va h.k.) saqlangan.
O‘xshash so‘zlar
- KARMA
- KARMANA
- Karmakdoshlar
- KARMANA TUMANI
- Karmana, Karmina
- Karmana shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz?
- Karmel
- Karminagiy, Oxund mulla Muhammad vafo






