KARNAY O’ROVCHILAR
KARNAY O’ROVCHILAR (Attelabidae) -qattiq qanotlilar tur- kumiga mansub qo’ng’izlar oilasi. Uz. 2-15 mm, rangi tiniq, ko’pincha yaltiroq, boshi nayga o’xshash chiziq, mo’ylovlari to’g’nog’ichsimon, ustki qanotlari, odatda, qornining uchki qismini yopmaydi. Keng tarqalgan, 1300 ga yaqin turi ma’lum. Barcha turlari fitofag, odatda, daraxt va butalarda oziqlanadi. Ko’pincha urg’ochisi barglarga tuxum qo’yib, ularni karnayga o’xshatib o’raydi (nomi shundan olingan) yoki qopchiq yasaydi. Karnay ichida oqish qurtlari rivojlanadi. Ba’zi turlari- ning qurtlari poya, kurtak yoki mevalar ichida rivojlanadi. Ko’pchilik turlari har xil mevali va mevasiz daraxtlarga ziyon etkazadi. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda olcha filchasi (Phynhitus auratus), o’rik filchasi (Ph.auratus) va b. turlari danak mevali daraxtlarga jid- diy ziyon keltiradi.