Kapa, chayla

Kapa, chayla — ibtidoiy jamoa davridan qolgan boshpana bo’lib daraxt shoxi, qamish, jo’xori poyasi, mato, pi- chandan quriladigan mavsumiy (yozlik) turar joy, o’tov. Tuzil i shi va ustiga yopiladigan to’shamasi b-n bir xalq K.si ikkinchi xalqnikidan farq qilgan. O’rta Osiyoda K.lar konussimon yoki gumbaz- Simon shaklda, devorlari maxsus Nov- dalardan to’qilib, ustidan shox-shabba, o’simlik poyalari tashlangan. Eshik og’zi qamish yoki mato b-n yoki maxsus ishlan- gan guldor kigiz b-n yopilgan. Atrofi va usti qamish, bordon yoki chiy b-n berkiti- ladigan turi olachiq deb nomlangan, ay- Rim erlarda somon suvoq ham qilinadi. Undan chorvadorlar, dehqonlar dala ish- lari boshlangan vaqtda foydalanadi- lar. Uzumzor bog’, poliz ekinlari tepa- sidagi K.lar erdan 2-3 m baland, to’rt ustun tepasiga qurilgan. Iqlimi issiq mamlakatlar (mas, Okeaniya)da hali ham turar joyning asosiy turi sifatida saqlangan.