Kamonchi

Kamonchi — 1) ey, kamon yasov- chi usta; 2) ey, kamon otuvchi mergan. K.lardan tuzilgan maxsus harbiy qismlar, asosan, qo’shinning oldin- gi safida joylashib, suvoriylar va b. qismlarning muvaffaqiyat b-n olg’a siljishini ta’minlagan; dushman kuch- lari ustiga tinmay o’q yog’dirib turgan. Qamal yoki mudofaa janglari vaqtida esa, qal’aning burj hamda boru (shinak) lari yoxud xandaq ortidagi pistirma- dan xujumga o’tgan dushman askarlari- ni o’qqa tutgan. K. istilohiga tegishli keyingi tushuncha moziyda, shuningdek, yoychi, yoyandoz, kamonkash, o’qchi, novakan- doz kabi nomlar b-n ham ifodalangan. Turk-mo’g’ul xalqlarida o’g’il bolani juda yoshlikdan kamon b-n muomala qilishga o’rgatish odat tusida bo’lgan. Qo’chqor ustida muallaq turish, qush va hayvon bolalarini kamon b-n ovlash, balog’at yoshida esa, suvoriylar guru-hidan o’rin olishga erishish, har bir turk o’g’lonining sharafli vazifasi hisoblangan. O’q-yoy suvoriylarning uzoqni mo’ljalga oluv- chi bosh quroli hisoblangan. O’q-yoyning jang paytida afzalligini payqagan XI- toylik hukmdor Vulin mil. AV. 307 y. o’z askarlarini turkiy qabilalarda ot ustida turib kamondan o’q uzish san’ati- ni o’qitishni joriy etadi. O’g’uzxon (Q. Mode xoqon) shoxsimon kamondan otil- ganda hushtak chiqaruvchi o’qni yasaydi va askarlarini ot ustida turib o’q otishga o’rgatadi.