Kamiy

Kamiy (taxallusi; asl ism- sharifi Karimbek Sharifbek o’g’li) (1864— Toshkent — 1923) — o’zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentda- gi «Beklarbegi» madrasasida o’qigan (1880 y.dan). 1916 y. gacha shu madrasa- da mudarris. 1890 y.lardan shoir sifa- tida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi ko’pgina shoirlar K.ning shogird- laridan bo’lgan. Oktyabr to’ntarishidan keyin «Turon» kutubxonasida, savod- sizlikni tugatish kurslarida ishlagan. K. mumtoz she’riyatning ko’pgina janr va mavzularida ijod qilgan. Muqimiy, Furqat b-n yaqin aloqada bo’lgan, mu- shoiralar qilgan. K. ijodi murakkab, dunyoqarashi ziddiyatli. Ko’pchilik she’- rlarida xalqni ma’rifatli bo’lishga da’vat etgan («temir yo’l xususida», «Dilki millat g’amida qon o’ldi…», «Soldi beilmlik xatolarg’a va b.). 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida Toshkentda nashr etilgan bayozlarning deyarli hammasida K. she’rlari uchraydi. Ijodidan namu- nalar «Turkiston viloyatining gazeti» va b. vaqtli matbuotda e’lon qilingan. As: tanlangan asarlar, T., 1966. Ad.: O’zbek adabiyoti [4 jildli], 1-kitob, T., I960; Jalolov A., O’zbek ma’rifat- parvar-demokratik adabiyoti, T., 1978.