Kasbitepa, Kasba, Kasbi

Kasbitepa, Kasba, Kasbi -qad. Nasaf viloyatiga mansub shahar xarobasi (mil. 1-2-13-a.boshi). Qarshidan 35 km Jan.-g’arbda joylashgan. K.ning eng quyi arxeologik madaniy qatlamlari milod- ning boshlariga oid. Hududi taxm. 2 ga bo’lgan. 589 y. sosoniylar sarkardasi Bahrom Cho’bin turkiy qavmlar ustidan zafar qozonib K. qal’asini egallagan. Sosoniylarning Sugd b-n chegaradosh erida qurilgan Kazbion qal’asi ar- man manbalarida (5-a.) qayd etilgan. M.E.Agassonning fikricha, bu qal’a K. arki o’rnida joylashgan. Arkning bal. 18 m, mayd. 180×120 m ni tashkil qilgan. Uning atrofi devor b-n o’ralgan. Jan.- Sharq tomon cho’zilgan rabodning uz. 1 km. Ilk o’rta asr qal’asi va qishlog’i o’rnida 10— 12-a.larda K. shahri ri- vojlangan. 10-a.da K. shahri manbalarga ko’ra, hatto Nasafdan ham ulkan bo’lgan. Shaharning jome masjidi, bozorlari bo’lib, hunarmandchilik, shahar atrofida dehqonchilik taraqqiy etgan. K. Buxoro- Nasaf-Termiz karvon yo’lida joylash- ganligi tufayli yirik savdo markazi- ga aylangan. Mo’g’ullar istilosi (13-a. boshi) natijasida vayron bo’lgan. 17-a. da K.da kad. «sayyidlar» xonadoni yasha- gan. K. o’rnida keyinchalik K. qishlog’i vujudga kelgan. K.da Sulton Mir Haydar nomi b-n mashhur maqbaralarning katta majmuasi (11— 12-a.lar) saqlangan. Ad.: L unina SB., Goroda Yujnogo So- GDA v VIII—XII vv., T., 1984; Kamaliddi- Nov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yuj- nogo Sogda i Toxaristana po araboyazich- nim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.