Krass (Crassus) Mark Lisiniy

Krass (Crassus) Mark Lisiniy (mil. AV. taxm. 115, Rim — mil. AV. 53.6.5, kar-ri) — Rim sarkardasi. Sul- la tarafdori. Proskripsiyalar natija- sida nihoyatda boyib ketgan va Rimdagi eng badavlat shaxsga aylangan. Bu boy- likdan siyosiy maqsadlarda ustamonlik b-n foydalangan. 70 va 55 y.larda konsul etib saylangan. K. Tsezar va Pompey b-n birga 1-triumviratta kirgan (60). Bu uchlik davlatni amalda egallab olgan. Spartak qo’zg’olonini bostirgan (71). K. 55 y. Suriya viloyatini 5 yilga boshqarish huquqini olgan. Parfyanlar b-n bo’lgan Karri jangida mag’lubiyatga uchrab halok bo’lgan. K. tarjimai holi Plutarx tomo- nidan bayon etilgan.