KOSONSOY SUV OMBORI

KOSONSOY SUV OMBORI — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati hududida joylashgan gidrotexnika in- shooti. Farg’ona vodiysidagi dastlab- ki suv omborlaridan biri, vodiyning shim.-sharqida (Namangan sh.dan 50 km shim.-g’arbda). Kosonsoy daryosi reji- mini tartibga solish, sel suvlarini to’plash maqsadida Kosonsoy vodiysi- ning toraygan O’rtato’qay botig’ida barpo etilgan. Qurilish 1941 y.da boshlanib, 1948 y.da 100 mln. m3 hajmdagi suv om- bori foydalanishga topshirildi, 1955 y. da batamom tug’allangan. K.s.o.ga bal. 60 m, o’z. 290 m to’g’on qurildi. K.s.o. ning suv sig’imi 165 mln. m3, suv yuzasining maydoni 8 km2, o’z. 5,2 km, chuq. 20,6 m. K.s.o. suvi b-n Namangan viloyati CHuet, Kosonsoy, To’raqo’rg’on tumanlari va Kirg’izistonning O’sh viloyati Olabuqa tumani ekinzorlari sug’oriladi. Suv to’plash dek. dan iyulgacha davom etadi.