Kotlov Boris Vasilevich

Kotlov Boris Vasilevich (1923.2.7, Nikolaev sh., Ukraina — 1995. 19.11, Moskva) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Dnepropetrovskdagi rassomlik bilim yurti (1940-41) va Toshkentdagi P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1944-49)da tahsil olgan. Ijodini bezakchi rassom sifatida bosh- lagan K. ko’rgazma va yarmarkalar, kucha va maydonlarni bayramona bezaklari, ja- moat va davlat muassasalari binolarini ichki va tashqi ko’rinishi, tasviriy bez- aklarini yaratgan (Chirchiq sh. Madaniyat saroyi, 1980 va b.). 1960 y.dan akvarel sohasida faol ijod qilib, tabiat man- zaralari, shaharlar qiyofasi aks etgan asarlar yaratdi («tog’larda bahor», 1968; «Moviy kun», 1968; «Oqtosh manzarasi», 1971; «Buxoro», 1971; «Lolalar», 1972; «Chorvoq GES tongi», 1974; «Ohangaronda yangi qurilish», 1980 va b.).