Koordinatograf

Koordinatograf (koordinata- lar va … graf) — nuqtalarning to’g’ri burchaqli koordinatalari bo’yicha ular- ni xaritaga yoki rejaga tez va aniq, bel- gilaydigan asbob. Rasmda nuqtalarni to’g’ri chiziqli koordinatalar tizi- mi b-n belgilashda ishlatiladigan K. ko’rsatilgan. Chizma taxtasiga bir- biriga tik releslarda yuradigan rolik- li karetkalar o’rnatiladi. Bu karetka- larning birida nuqtalarning koordina- tasini belgilash uchun ninalar bo’ladi. Aniqlanishi lozim bo’lgan nuqtaning koordinatasi relslarga urnatilgan shkalaga qarab belgilanadi. Avtoma-tik elektron K.da qo’shimcha ravishda hisoblash-echish qurilmasi va boshqarish pulti ham bo’ladi. Bunday K. hisoblash- echish qurilmasida topilgan to’g’ri burchaqli koordinatalar buyicha asosiy nuqtalar xarita yoki rejada belgilash- ga hamda nuqtalar to’rining koordinata chiziklarini avtomatik tarzda chizish va belgilashga imkon beradi.