Kosmik raketa
Kosmik raketa — kosmik tez- liklar beradigan raketa. Kosmik fazo, Er sun’iy yo’ldoshlari orbitalari yoxud boshqa osmon jismlari orbitalari- ga avtomatik yoki bortida kosmonavt- lari bo’lgan apparatlarni uchirishga mo’ljallangan. Zamonaviy K. r. lar ko’p bosqichli bo’lib, bosqichlar soni, aso- san, uning vazifasiga bogliq. Start vaqtida K. r. ning birinchi bosqichli eng quvvatli dvigateli ishga to’shadi va u si- stemaga ma’lum tezlik beradi. Birinchi bosqichli dvigatelining yonilg’i zahirasi tugagandan so’ng u sistemadan ajralib chiqadi va ikkinchi bosqichli dvigatel ishlay boshlab sistemaga qo’shimcha tez- lik beradi. Uzoqqa uchish hollarida K. r., odatda, er sun’iy yo’ldoshlari or- bitasiga chikarila-Di va undan keyingi uchishlarida shu orbitadan start olishda foydalaniladi.