KORIOLIS TEZLANISHI

KORIOLIS TEZLANISHI, buri lish tezlanishi — murakkab ko’chma harakatda (ilgarilanma harakat qilmaganda) jism olgan qo’shimcha tezla- nish; jism to’liq tezlanishining tarki- biy qismi. K. t. ko’chma harakatning jism- ning nisbiy tezligi ish o’zgarishiga va jismning nisbiy harakatining uning ko’chma tezligi o’zgarishiga ta’sirini hisobga oladi. K. t. yo’nalishini \>nis vektorini yuko’ch ga tik tekislikka proek- tsiyalab va bu proektsiyani ko’chma aylanish tomoniga 90° ga burib aniqlanadi. Mas, Erning Shim. yarim sharida shim.dan ja- nubga tomon harakat qilayottan jiemning K. t. (bu tezlanish erning sutkalik ayla- nishini hisobga oladi) sharqqa tomon yo’nalgan bo’ladi. Quyidagi hollarda K. t. nolga teng bo’ladi: a) ko’chma harakat il- garilanma harakat bo’lsa, ya’ni cokV4=0; b) harakatdagi nuqtaning nisbiy tezli- gi ko’chma aylanish uqiga parallel bo’lsa, ya’ni <x = 0. Kinematika va dinamikad,AP\ qator masalalarni echishda «K. t.»tushunchasi- dan foydalaniladi. Turli harakatlarda, ayniqsa, transport harakatida, kosmo- navtikada K. t.ning ahamiyati katta.