7 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Pravoslav cherkovida Rojdestvo bayrami.
? Xalqaro dasturchilar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Armaniston — Merelos — Marhumlarni xotirlash kuni.
?? Gana — Konstitutsiya kuni.
?? Italiya — Bayroq kuni.
?? Kambogja — Genotsid ustidan g‘alaba kuni.
?? Liberiya — Kashshoflar kuni.
?? Misr — Iloha Sehmet kuni.
?? Yaponiya — “Dzindzidu” bayrami.

? VOQEALAR:

  • 1558 — Fransiya Kale yerini bosib oldi.
  • 1610 — Calileo Galiley Oy yuzidagi tog‘liklarni aniqladi.
  • 1610 — Galileo Galiley Yupiterning to’rtta yirik yo’ldoshini topdi.
  • 1714 — Ingliz ixtirochisi Genri Mill yozuv mashinkasini patentladi. Lekin bu haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
  • 1785 — Jan-Pyer Fransua Blanshar va Jon Jeffris birinchi bo‘lib havo sharida La-Mansh orqali uchib o‘tishdi.
  • 1839 — Fotografiyaning tug‘ilgan kuni.
  • 1878 — Sheynovo jangining boshlanishi.
  • 1928 — N. N. Polikarpov tomonidan ishlab chiqilgan U-2 («Kukuruznik») samolyotining birinchi parvozi
  • 1953 — AQSh Prezidenti Trumen mamlakatning o’z vodorod  bombasi borligi haqida aytdi.
  • 1942 — Toshkentdagi V.P.Chkalov nomidagi aviatsiya zavodining samolyot ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi jangovar samolyotni frontga jo‘natdilar.
  • 1964 — Buxoro-Ural gaz quvuri qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
  • 1965 — Indoneziya BMTdan chiqqanligini e’lon qildi.
  • 1979 — Vyetnam armiyasi Kambodjada Pol Pot rejimini ag’dardi.
  • 1988 — Afg‘on urushi: 345-gvardiyachi desant polkining 9-rotasi 3234-balandlikda jangga kirishdi.
  • 1989 — Akixito Yaponiyaning yangi imperatori deb e‘lon qilindi.
  • 1993 — O‘zbekiston  Turkmaniston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 1997 —  “Umid” jamg‘armasi tashkil topdi.
  • 2008 — O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
  • 2015 — Parijdagi Charlie Hebdo tahririyatiga  terroristik hujum  uyushtirildi. 12 ta qurbon, 11 kishi yaralangan.
  • 2021 — Vashingtonda Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosini egallab olishdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1342 — Filipp II Jasur (1404) — Burgundiya gersogligi asoschisi.
  • 1794 — Eylxard Micherlax (1863) — nemis kimyogari, izomorizm va dimorizm ko‘rinishlarini kashf qilgan.
  • 1800 — Millard Fillmor — (1874) — AQShning 13-prezidenti (1850-1853).
  • 1834 — Iogann Filipp Reys (1874) — nemis olimi va ixtirochisi.
  • 1858 — Eliezer Ben-Yehuda (1922) — yahudiy tilshunosi, zamonaviy ivrit tilining “otasi”.
  • 1909 — Gʻani Aʼzamov (2001) — oʻzbek-sovet teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1961). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.
  • 1925 — Jerald Darrell (1995) — ingliz zoologi, sayohatchi va yozuvchi.
  • 1933 — Ulomov Valentin — geofizik, seysmolog, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1984).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1935 — Aleksandr Perov — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2002).
  • 1940 — Yusufbekov Nodirbek — kimyogar olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000). 
  • 1941 — Hamid Karimov — patofiziolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998). 
  • 1941 — Jon Ernest Uoker — ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1997).
  • 1951 — Talg‘at Musaboyev — sovet va rossiya kosmonavti, Rossiya Qahramoni, Qozog‘iston Milliy Qahramoni.
  • 1964 — Nikolas Keyj — amerikalik aktyor, kinorejissyor va prodyusser.
  • 1982 — To’laganova Iroda — tennischi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2000), “O’zbekiston iftixori” (2001).
  • 1989 — Ziyoda Qobilova — oʻzbek kino aktrisasi va qoʻshiqchisi.
  • 1991 — Eden Azar — belgiyalik futbolchi, “Real” va Belgiya terma jamolarinig yarimhimoyachisi.