14 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Eski yangi yil — Yulian taqvimida yangi yil.
? Xalqaro mantiq kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston — Vatan himoyachilari kuni.
?? AQSh — Parij sulhi ratifikatsiya qilingan kun.
?? Argentina — Mamlakat karnavali.
?? Gruziya — Davlat bayrog‘i kuni.
?? Hindiston — Xalqaro varraklar festivali.
?? Hindiston — «Lori» — yonayotgan gulxanlar bayrami kuni.
?? Malayziya — Buyuk sultonning tug‘ilgan kuni.
?? Rossiya — Moskva viloyati kuni.
?? Tailand — Bolalar kuni.
?? Tailand — O‘rmonlarni asrash kuni.
?? Tunis — Inqilob va yoshlar kuni (2011).

? VOQEALAR:

  • 1506 — Laokoon skulpturasi topildi.
  • 1690 — nemis ustasi Iogann Kristof Denner klarnetni ixtiro qildi.
  • 1700 — Pyotr I rus zodagonlariga eski uzun kiyimlar o’rniga kalta yevropacha kostyum kiyishni buyurdi.
  • 1761 — Panipat jangi.
  • 1814 — Kil shartnomasi tuzildi.
  • 1841 — Peterburgda birinchi ijtimoiy kutubxona Rossiya imperatorining homiyligida ochildi.
  • 1914 — dunyoda birinchi marta avtomobillarni yig’ishda konveyer usuli qo’llanila boshlandi.
  • 1926 — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Xo’jayli tumani tashkil etildi.
  • 1929 — Moskva viloyati tashkil topdi.
  • 1969 — “Enterprayz” kemasidagi yongʻinda 27 kishi halok boʻldi.
  • 1972 — Margaret II Daniya taxtiga o‘tirdi.
  • 1992 — Benin Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
  • 1998 — Oliy Rada Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik va sheriklik to’g’risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
  • 2004 — Gruziya bayrogʻi tasdiqlandi.
  • 2005 — “Gyuygens” kosmik zondi Titanga qo‘ndi.
  • 2011 — Tunis prezidenti Zin al-Obidin bin Ali lavozimidan chetlatildi va u mamlakatdan qochib ketishga majbur boʻldi.
  • 2011 — Turku shahri Yevropaning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.
  • 2020 — Windows 7 ni texnik qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi.
  • 2022 — Hunga-Tonga-Hunga-Haapay vulqoni otila boshladi.

? TAVALLUDLAR:

  • mil. av. 83 — Mark Antoniy (mil. av. 30 ) — rim siyosatchisi va sarkardasi.
  • 1836 — Anri Fanten-Latur (1904) — fransuz rassomi.
  • 1875 — Albert Shveyser (1965) — nemis shifokori, Nobel mukofoti sohibi (1952).
  • 1883 — Nina Richchi (1970) — fransuz modelyeri, Nina Ricci katta moda uyining asoschisi.
  • 1885 — Mamat buva Hofiz (asli Muhammad Sattarov; 1969) – O‘zbekiston xalq hofizi (1941).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1893 — Lebedev Aleksandr (1969) — Rus fizigi, akademik (1943).
  • 1904 — Tansiqboyеv O‘rol (1974) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi.
  • 1931 — Sa’dullaev Mansur — Rejissyor, pedagog, Qoraqalpog‘iston (1981) va O‘zbekiston xalq artisti (1985).
  • 1933 — Matbua Ahmedova — faylasuf olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983).
  • 1948 — Valeriy Xarlamov — 1981) — sovet xokkeychisi, ikki karra olimpiya va 8 karra jahon chempioni.
  • 1953 — Orziqul Ergash — O’zbek yozuvchisi.
  • 1981 — Sergey Borzov — oʻzbek eshkak eshuvchi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (2016-yilgacha).
    -1982 — Viktor Valdes — ispan futbolchisi, darvozabon, jahon va Yevropa chempioni.
  • 1993 — Mariya Lasiskene (Kuchina) — rossiyalik balandlikka sakrovchi, Olimpiya chempioni (2020), ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1994 — Konnor Braun — kanadalik xokkeychi, jahon chempioni (2021).