Kompton effekti
Kompton effekti — elek- tro magnit nurlanishlar erkin yoki kuchsiz bog’langan elektronlar b-n to’qnashib sochilganda ularning to’lqin uzunligi o’zgarishi hodisasi. 1922 y. da A.X.Kompton kashf qilgan. K.e. yorug’likning kvant nazariyasini tasdik- dovchi dastlabki amaliy kashfiyot. Kvant nazariya bu effektni ikki zarra — foton va elektronning to’qnashishi, deb tushun- tiradi. Foton erkin qo’zg’almas elektron- lar b-n to’qnashib sochilganda energiyasi- ning bir qismini elektronlarga beradi hamda harakat yo’nalishi va chastotasini o’zgartiradi. Demak, to’qnashish vaqtida foton energiyasi kamayadi, to’lqin uzun- ligi X esa ortadi. Foton electron b-n to’qnashganda to’lqin uzunligi- ning o’zgarishi to’shayotgan yorug’likning boshlang’ich to’lqin uzunligiga emas, faqat zarraning sochilish burchagi 9 ga bog’liq. Bu formula «u-nurning moddadan sochilishi uchun ham, shuningdek, roentgen nurlarning engil moddalar (grafit, parafin va b.)dan sochilishi uchun ham o’rinlidir. Fotonlar harakatdagi elek- tronlardan sochilayotganda LX faqat v gagina emas, elektronlarning boshlang’ich energiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Foton- larning c~v tezlikda harakatlanayotgan elektronlardan sochilayotgan holatida teskari K.e. kuzatiladi. Bunda elektron- lar energiyasining bir qismini foton- larga berishi natijasida fotonlarning to’lqin uzunligi kamayadi. K.e. moddaga to’shayotgan foton energiyasi elektron- ning chiqish ishidan bir necha ming marta katta bo’lganida kuzatiladi. Bu hodisa b-n yorug’lik bosimi, rentgen nurlari- ning kvant xususiyatlari, yorug’likning elektromagnit to’lqin va foton (zarra) nazariyasi va b. tushuntiriladi.