Kollaps

Kollaps (lot. collapsus — behol, majolsiz) — to’satdan keskin ro’y be- radigan qon tomirlar etishmovchiligi, kishi hayotini xavf ostida krldiradigan og’ir holat; arterial va venoz qon bosimining keskin kamayishi, Mar- kaziy nerv sistemasi faoliyatining iz- dan chiqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, qon tomirlar devori Tonu- sining to’satdan susayishi, harakatdagi qon mikdori (massasi)ning kamayi- shi b-n ifodalanadi. Bosh miyadagi to- Mir harakatlanuvchi markaz faoliyati- ning susayishi sababli, asosan, qorin bo’shlig’idagi a’zolar tomirlari qonga to’lib ketadi, ayni vaktda eng muhim hayotiy a’zolar (miya, yurak, teri, muskul- lar)ga qon kam boradi. Birdaniga ko’p qon yo’qotish, shok, kislorod tanqisligi, infektsion va boshqa ayrim kasalliklar (terlama, zotiljam, pankreatit va h.k.), zaharlanish, shikastlanish va b.da ro’y beradi, shunga ko’ra, K.ning gemorragik, gipokse-mik, infektsion kardiogen, or- tostatik, pankreatik, toksik va b. tur- lari farq qilinadi. Belgilari: daqiqa ichida bemorning to’satdan rangi o’chib, badani ko’karadi, sovuq ter bosadi, ko’zi ich-ichiga tushib, qorachig’i kengayadi, yuz qiyofasi o’zgaradi, nafasi yuzaki bo’ladi. Qon bosimi keskin Pa-sayib, tomir urishi butunlay sezilmay qolishi ham mumkin. Gavda t-rasi 35° ga, ba’zan un- dan ham pastga to’shadi. Bemor majolsiz, esi kirar-chiqar bo’lib qoladi, ayrim hollarda hushdan ketadi. K.da darhol vrach chaqiriladi, u kelguncha bemor bo- shiga yostiq qo’ymay yotqiziladi, oyog’iga grelka qo’yiladi, issiq choy ichiriladi, u yotgan uyga sof havo kirib turadigan qilinadi. Davo tadbirlari K.ga sa- bab bo’lgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lishi lozim. O’z vaqtida ko’rsatilgan yordam yaxshi naf beradi.