ISSIQKO’L VILOYATI
ISSIQKO’L VILOYATI — Qirg’iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1970 y. 11 dek. da tashkil etilgan. Res-publikaning Sharqiy qismida. Shim. da Qozog’iston, Jan.Sharqda Xitoy b-n chegaradosh. Mayd. 43,5 km2. Aholisi 427 ming kishi (1990) y. lar o’rtalari, aso- san, qirg’izlar, shuningdek, o’zbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, uyg’ur va b. ham yashay- Di. Ma’muriy markazi — qo-raqo’l sh. I. v. Tyaniian toglarida joylashgan. Viloyat shim. dagi Issiqko’l soyligida Issiqko’l ko’li bor. Issiqko’l soyli- gi shim. da kungay Olatov (bal. 4770 m gacha), Jan. da Terskay Olatov (bal. 5216 m gacha) tizmalari b-n chegaralanadi. Terskay Olatovning Jan. yon bag’irlari pasayib borib bal. 2500-3850 m li sirtlarga qo’shilib ketadi. Sirtlar- ni Jan.Sharqda Qaqshaltov tizmasi (G’a-laba cho’qqisi, 7439 m) o’rab turadi. G’alaba cho’qqisidan shim. da Xontangri cho’qqisi (6995 m) bor. Issiqko’l soyli- gining iqlimi mo»tadil Kontinen-tal. Yozi iliq, iyulning o’rtacha t-rasi 16,9° (Koraqo’l), 17,5° (Tamg’a). Qishi yumshoq, yanv. ning o’rtacha t-rasi -2° (tamg’a), -5, 7° (Qoraqo’l). Yiliga g’arbda 100-200 mm, Sharqda 400-500 mm yog’in yog’adi. Soylikning Sharqiy shemila 2-3 oygacha qor erimay turadi. Sirtlarda iyulning o’rtacha t-rasi 11 — 12°, yanv. niki -15° dan -16°gacha; yiliga 300 mm yog’in yog’adi. Tog’larda 4500 m dan balandda temperatu- ra yil bo’yi 0° dan past bo’ladi. Sovuqsiz kunlar Sharqda 141, g’arbda 158, shim. da 169, Jan. da 182 kun. Viloyat hududida Inilchiq, Qaindi kabi muzliklar bor. Yirik daryolari: tup, Jirg’alan, Chu, Sarijaz va uning irmoklari. Issiqko’l soyligining g’arbida cho’l va chala cho’l, sharqida 2100 m balandlikkacha dasht, 2100 m dan 3200 m balandlikkacha o’tloqi- dasht va o’rmonlar, 3200-3300 m baland- likdan Alp o’tloqlari, 3500— 3600 m dan balandda qor va muzliklar, yalang qoyalar bor. Sutemizuvchilardan silov- sin, qo’ng’ir ayiq, bo’rsiq, suvsar, Bars, elik, tog’takasi, arxar yashaydi. Kulrang sug’ur va iqlimlashtirilgan ondatra hamda tiyin ovlanadi. Issiqko’lda suv parrandalari ko’p. I. v. da Issiqko’l qo’riqxonasi bor. I. v. chorvachilik rivojlangan, sanoa- ti va kurort-sanatoriy xo’jaligi rivoj- lanayotgan viloyat. Etakchi tarmoq ishlov beruvchi sanoatdir. Issiqko’l elektro- texnika birlashmasi (jumladan, Qoraqo’l va Qajisoydagi z-dlar), tikuvchilik f-kasi, oziq-ovqat sano-ati korxonalari (Qoraqo’l, Grigorev-ka), yog’ochsozlik, ke- masozlik, qurilish materiallari korxo- nalari (Oqbuloq, Qoraqo’l, Baliqchi) bor. Toshko’mir (Jirg’alan) va qo’ng’ir ko’mir (Qajisoy) qazib olinadi. Qalay koni (Sarijaz daryosi havzasida) topilgan. Q. x. ning asosiy tarmog’i — chorvachi- lik, asosan, mayin junli qo’ychilik, go’sht- sut chorvachiligi va zotli yilqichilik rivojlangan. Qo’y, echki, qoramol, yilqi boqiladi. G’alla va don, dukkaklilar, kartoshka ekiladi. Bog’dorchilik katta ahamiyatga ega. Issiqko’lda baliq ovlana- Di. Bishkek-Baliqchigacha t.y., avtomobil yo’li bor. Issiqko’lda munta-zam kema qatnaydi. Gted. in-ti, muzeylar mavjud. Issiq-ko’lning shim. sohilida kurort zonasi (Cho’lponota kuror — ti)> Qoraqo’l atro — Fida issiq buloq — lar va shifo- baxsh balchiq asosida Oqsuv va Jetio’g’uz balneologik kurortlari joylashgan.