Ixtisos
Ixtisos — inson tomonidan hayotning muayyan sohasi bo’yicha maxsus tay-yorgarlik yo’li b-n hosil qilingan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va ma- lakalar majmui. I. kishiga turmushning moddiy va ma’naviy sohasida biror ishni bajarish hamda shu yo’l b-n o’z ti- rikchiligini ta’minlash imkoni-yatini beradi. I. kasb, mutaxassislik singari tushunchalarga nisbatan torroq ma’noda qo’llanadi va muayyan kasb yoki mutaxas- sislikning biror sohasini anglatadi. Mae: kasbi — ilmiy xodim, mutaxas- sisligi — filolog, I.i—adabiyotshunos kabi. Kasb, mutaxassislik va I.ning pay — do bo’lishi va taraqqiy etishi tarixiy xarakterga ega. Yangi i.ch. sohalarining vujudga kelishi, texnikaning taraqqiy etishi, shu jumladan, biror texnologik jarayonning boshqasiga almashinishi b-n yangi kasb, mutaxassislik va I.lar pay- do bo’ladi. I.ch. va inson turmushining chuqur I.lashuvi mehnat taqsimotining tobora ijodiy qiyofa kasb etib borayotga- nidan dalolatdir. Oliy va o’rta maxsus, kasbhunar ta’lim tizimida I. ro’yxati (klassifikator) bo’yicha ta’lim jarayo- nining o’quv dastur va rejalari tuzila- Di. Oliy va o’rta maxsus, kasbhunar o’quv yurtlari faoliyati ana shu reja hamda da- sturlar asosida tashkil etiladi. Ularni bitirgan kishilarga muayyan I.lik beri- ladi.