Izotop effektlar
Izotop effektlar – biror elementning izotoplari o’rtasidagi yoki uning bir izotopi boshqa izotopi- ga almashinganida modda xossalarini ifodalovchi kattaliklar qiymatining o’zgarishi. Radioaktiv emirilish vaqtida izotoplar xossalari (energiya va emirilish turlari)ning o’zgarishi I. e.ga kirmaydi. I. e. izotoplarning tur- li termodinamik va kinetik xossalari- ga bog’liq, ya’ni izotoplarning og’irligi orasidagi farq qancha katta bo’lsa, shuncha aniq kuzatiladi (mas, vodorodning engil va og’ir izotoplari). Elementlar davriy sistemasining 2-davridagi engil ele- mentlar (Li— Ne) uchun bu farq 35% dan, 3-davridagilar (Na—Ag) uchun 20% dan, 4-, 5-davridagilar (K—kg) va (Rb—Xe) uchun 15% dan va bulardan og’irroq ele- mentlar uchun 10% dan oshmaydi. Izotoplar og’irliklarining har xil bo’lishi spektral chiziklarning sil- jishiga, izotop birikmalarining zich- ligi, yorug’lik sindirish ko’rsatkichi, diffuziya koeffisienta, ionlar solish- tirma zaryadlarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. I. e. elementlarda issiqlik sig’imi, issiklik o’tkazuvchanlik, erish va bug’lanish t-rasi, to’yingan bug’larning elastikligi kabi termodinamik xossa- larni yuzaga keltiradi. Yadro reaktsiya- larida elementlar boshqa elementlarga aylanganida ham I. e. kuzatiladi. I. e. izotoplar xossalaridagi farqqa ko’ra, izotoplarni bir-biridan ajratish va izotop aralashmalarda ular miqdorini aniqlash imkonini beradi.