Ilmi nujum
Ilmi nujum (Arab.— munajjim- lik ilmi), munajjimlik, astrologiya — ayrim kishilar va xalqlartaqdirini OS- mon yoritqichlarining vaziyatlariga qarab aytish (fol ochish) b-n shug’ullanadigan ta’limot. Qad. Su-riya, Bobil, Misr, Xi- toy, Hindiston, Yunonistonda va o’rta asrlarda Arabiston, Eron va Markaziy Osiyoda keng taraqqiy etgan. Ibtido- iy jami-yatda insonga uni o’rab turgan tashqi sharoitdagi tabiat hodisalarini xayoliy ruhlar va xudolar boshkaryotgan- Day bo’libtuyulardi. Shu sababli, qad. xalqlar o’zlarining taqdir va irodalari- ni yoritqichlarning sirli harakatlariga bogliq, deb o’ylar edilar. Munajjimlar voqea sodir bo’lish paytida Quyosh, oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va sa- Turnning osmon gumba-zidagi vaziyatla- riga va ular ufqning qaysi qismida joy- lashganiga qarab fol ochar edilar. Mirzo Ulug’bek ham I.n. masalalari b-n mukam- mal shug’ullangan. U yozgan «Ziji jadidi Ko’ragoniy»ning to’rtinchi kitobi «ilmi nu-jum» («munajjimlik ilmi») deb ataladi (Mirzo Ulug’bek, ilmi nujum, T., 1994). Bu kitobda munajjimlikning nazariy va amaliy asoslari keltiril- gan. I.n. 16-17-a.largacha musta-qil fan sifatida dorilfununlarda ham o’qitib kelingan. Olamning gelio-tsentrik tuzi- lishi sistemasining kashf etilishi I.n. nufuzini ancha kamaytirdi.