Integral himoya usuli
Integral himoya usuli, uyg’unlashgan himoya usuli (o’simliklar himoyasida) — o’simliklarni zarar- kunanda va kasalliklardan, shuning- dek, begona o’tlardan himoya qilishning tabaqalashgan tizimini yaratishda turli usullar (agrotexnik, mexanik, fizik, biologik, kimyoviy va b.) majmui; I. h. u.ning asosiy sharti — dala agrobiose- Nozining tabiiy tarkibini saqlashdan iborat. I. h. u.ning asosiy vazifasi ishlov berish vositalari, usullari, muddatlarini zararkunanda hasharotlar va kasallik qo’zg’atuvchilarni ko’plab yo’qotadigan, shu b-n birga ularning kushandalari — entomofaglarta zarar etkazmaydiganlarini tanlashdan hamda odam, is-siqqonli hayvonlar, asalari, ipak kurti va b.ni pestisidlarning zaharli ta’siridan himoya qilish chora- larini izlab topishdan iborat. Hoz. za- mon tushunchasiga ko’ra, I. h. u. — ma’lum agrobiosenoz doirasida ichki va populya- tsiyalararo munosabatlarni boshqaruvchi sistemadir. Agrosenozda pes-tisidlar va gerbitsidlarni noto’g’ri qo’llash tu- fayli ro’y bergan buzilishlar I. h. u. qo’llashni taqozo etadi. O’simlikka ki- myoviy ishlov berish hosilni saqlab qolishda katta ahamiyatga ega, biroq ki- myoviy vositalar odam sog’li-g’iga, uy va ovlanadigan hayvonlar, asalari, ipak kurti, shuningdek, ento-mofaglar uchun juda xavflidir. I. h. u.ni tatbiq qilish epifitoti- yaning oldini oladi. Bunga agrotexnik, biologik, kimyoviy va mexanik qarshi kurash usullarini almashlab va o’rni- o’rni b-n qo’llash natijasida erishi- ladi. Entomofaglarni saqlab qolish va zararkunandalar sonini xo’jalikka ziyoni sezilmaydigan darajada ushlab turishni ta’minlaydigan eng zarur tad- birlardan biri — zararkunandalar so- nining zarar keltirishi mumkin bo’lgan iqtisodiy chegara xisoblarini i. ch.ga tatbiq qilishdir. Buning uchun ekin maydonlari tekshiruvdan o’tkaziladi va qarshi kurashishga sarflangan vosi- ta hamda mehnatning qoplanishi uchun zararkunandaning qanday miqsorda bo’lishi kerakligi aniqlanadi. Shuning- dek, o’simlikning yaxshi rivojlanishini ta’minlaydigan va ularning zararkunan- dalarga nisbatan chidamliligini oshi- radigan agrotexnik ximoya tadbirlari sifatini yaxshilab, kimyoviy kurash so- nini kamaytirish mumkin. Kimyoviy Pre- paratlarni mikrobi-ologik preparatlar (entobakterin, dendrobasillin) b-n al- mashtirish, ma’lum bir o’choqlarda ishlov olib borish, q.x. ekinlarining zararku- Nanda hamda kasalliklarga chidamli na- vlarini ekish ham katta ahamiyatga ega (q. Biologik himoya usuli). Ad.: Elementi integrirovannoy si- stemi zashiti xlopchatnika ot vredite- Ley, T., 1985 Sultan Alimuhamedov.